ASTRONOMIYA

ASTRONOMIYA (ostro… va yun. nomos — qonun) — Koinot jismlari va ularning sistemalari paydo boʻlishini taraqkiyoti va tuzilishini, koʻrinma va haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va fizik holatini, Koinotning bir butun umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. A. yulduzlar, sayyoralar va ularning yoʻldoshlarini, sayyoralararo va yulduzlararo mayda jismlar (asteroidlar, kometalar, meteor jismlar va h. k.)ni, gaz va chang tumanliklarini, ulardagi fizikaviy muhitni sunʼiy kosmik jismlarni (vaziyatlari, harakatlari, orbitalarini) oʻrganadi, shuningdek osmon jismlarini kuzatish natijalarini insonning moddiy hayotiy talablariga qoʻllash usullarini ishlab chiqadi. Jumladan, vaqtni aniqlash, joyning koordinatalarini topish, sayyoralarning harakatini, sunʼiy yoʻldoshlarni kuzatish asosida tekshirish va uning asosida zilzilalar qonuniyatlarini oʻrganish, kosmik apparatlarni Koinot jismlariga nisbatan oriyentirlash va b. qator ishlar shular jumlasiga kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x