ASPIRATSION JIHOZLAR

ASPIRATSION JIHOZLARhavo yoki gaz tarkibini va havodagi changni tekshirish uchun namunalar oladigan mexanik qurilmalar. Sanoat korxonalari, lab. va ustaxonalarning chang, zaharli aralashma va gazlar ajraladigan sexlari va xonalaridagi havoni tozalash uchun ishlatiladi. Gaz miqdorini tekshirish uchun gaz maxsus idishga soʻrib olinadi. Chang miqdorini tekshirish uchun tekshiriladigan havo ejektor, chang surgich yoki havo puflagich bilan chang qabul qilgichdagi filtr orqali soʻrib olinadi; ayni vaqtning oʻzida filtr orqali oʻtgan havo hajmi oʻlchanadi. Chang miqdori mg/m3 da ifodalanadi. Aspiratsiya (tozalash) yakka holda va markazlashgan usulda olib boriladi. Shunga qarab Aspiratsion jihozlarlar ham har xil boʻladi. Changdan tozalash uchun yiguvchi kamera, siklon va filtrlar, zararli gaz va aralashmalardan tozalash uchun esa soʻruvchi ventilyatorlar oʻrnatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x