ASHXOBOD ZILZILASI

ASHXOBOD ZILZILASI — 1948-y. 6 okt. mahalliy vaqt bilan kechasi soat I dan 12 min. oʻtganda boʻlgan kuchli zilzila. Zilzila epitsentri Ashxobod sh. dan jan.-gʻarbda, Qurugʻovdonda, 10 — 15 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi (M-7,0) epitsentrda 10 ballgacha yetdi. 1000 km2 ga yaqin maydon 9 ball kuch bilan silkindi. Zilzilaning epitsentral zonasi (37,8° sh. k. va 58,6° shq. u.) Buzmayin — Ashxobod — Qurugʻovdon chizigʻi boʻylab Kopetdogʻ togʻlarining shim. etagida shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa yoʻnalgan. Zilzila natijasida Ashxobod va uning atrofidagi qishloqlar vayron boʻldi. Koʻp yerlarda yoriqlar, qum aralash butana suv fontanlari vujudga keldi, togʻlarda koʻchkilar sodir boʻldi, yer osti suvlarining miqdori oʻzgardi. Yerning ustki qatlami vertikal yoʻnalishda siljidi. Ashxoboddan gʻarbda yer 33 sm koʻtarildi, sharqda esa 22 sm choʻkdi. Ashxobod shu koʻtarilgan va choʻkkan zonalarning tutashgan yerida joylashgan boʻlganligi uchun bu yerda yer 70 sm dan 178 sm gacha gorizontal yoʻnalishda siljidi. Zilzila vaqtida vertikal (tik) silkinishlar boʻlsa ham, lekin asosiy falokat jan.sharqdan shim.-gʻarbga yoʻnalgan gorizontal tebranishlar natijasida roʻy berdi. Asosiy zilziladan soʻng bir necha oy mobaynida qayta silkinishlar (aftershok) davom etdi. Ashxobod zilziladan soʻng qayta tiklandi va zamonaviy, obod shaharlardan biriga aylandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x