ASHULA

ASHULA — yakka xonanda yoki xonandalar guruhiga moʻljallangan, mumtoz oʻzbek musiqa merosida markaziy oʻrin egallagan ashula yoʻli. Asosan lirik ruhdagi gʻazal va sheʼrlar zaminida yuzaga keladi. Ashulalar soz (doyra, dutor, tanbur), ansambl joʻrligida yoki joʻrsiz ijro etiladi. Ashula oʻzbek musiqa folklorida katta urin egallagan qoʻshiq janridan kuy diapazonining kengligi, shaklan rivojlanganligi, mavzu va mazmuni teranligi bilan farqlanadi. Ashulaning badiiy mazmunida barmoq vaznidagi sheʼrlardan foydala-nilsada, aruz vaznidagi gʻazal va sheʼriy shakllar asosiy oʻrin tutadi. Binobarin, Ashulaning ichki tuzilishi ham turlichadir. Barmoq vazniga asoslangan Ashulalar kuproq «band-naqarot» shakli kurinishida boʻlsa, gʻazallarga bitilgan Ashulalar tuzilishi nisbatan murakkab va rivojlangandir. Odatda, bunday Ashula larning kuylari quyi pardalardan boshlanib oʻrta va yuqori pardalarida rivojlanadi, soʻngra dastlabki turgʻun tovushda nihoyasiga yetadi. Aksariyat Ashulalar oʻziga xos avjlariga ega. Ashula janri tarixi uzoq oʻtmishga borib ta-qaladi: koʻpincha professional musiqachi (bastakorhofiz)lar ijodiyotining mahsuli boʻlib, bizgacha ogʻzaki ravishda yetib kelganligi tufayli qator Ashulalar koʻplab variantlarga ega. Ashulaning eng rivojlangan mukammal koʻrinishlari Buxoro va Xorazm maqomlarining nasr (ashula) yoʻllari, Toshkent va Fargʻona vodiysida keng tarqalgan maqom yoʻllari, katta ashula janrida namoyon boʻlgan. Ashula larda oʻzbek xalqining ruhi, xarakteri, maʼnaviy dunyosi oʻzining badiiy yetuk va toʻlaqonli ifodasini topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x