ASHRAFOVA

ASHRAFOVA Muqaddam (1919-Toshkent — 1999.22.5) — jarroh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971), tibbiyot fanlari d-ri (1964), prof. (1967). 2-jahon urushi frontlarida vrachlik qilgan (1943—45). ToshMI II jarrohlik klinikasining ordinatori (1945—47), davolash f-ti fakultet jarrogʻligi kafedrasining assistenti (1947—58) va dotsenti (1958—66), 1966-y. dan stomatologiya f-ti umumiy jarrohlik kafedrasining mudiri. 1989-y. dan nafaqada. Ilmiy ishlari asosan bosh miya, jigar va taloq jarrohligi masalalariga bagʻishlangan. II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan (1994).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x