ASHRABOV Abbos Boboyevich (1913.2.10, Piskent) — qurilish sohasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Texnika fanlari d-ri (1961), prof. (1960). Oʻrta Osiyo politexnika in-tini tugatgan (1940), shu in-tda ishlagan (1935—91), Oʻzbekiston FA Inshootlar in-ti direktori (1958—63), Toshkent arxitektura va qurilish intida prof. (1992—96). Ilmiy ishlari qurilish materiallariga, binokorlik nazariyasi va amaliyotiga, zilzilabardosh binolar va inshootlarga doir. Ashrabov zilzilabardosh binolar yaratishga asos solganlardan biri. U Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib beton va temir-beton buyumlarga yengil toʻldirgich — keramzit ishlatishni, qurilishni industrlashtirish usullarini, tarixiy yodgorliklardan zamonaviy binolar qurilishida foydalanishni tavsiya etdi. Ashrabovning beton va temir-beton sohasida olib borgan i. t. ishlari natijalari Davlat standartlari meʼyorlari (normalari)ga kiritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые