ASHIN

ASHIN — qad. turkiy urugʻlardan birining boshligʻi. U ikkinchi Hunnu saltanati davrida hunnular xoni Mugonxonga qaram boʻlgan. Saltanat tabgʻach (tobos) xonlari tomonidan yemirilgach (439), A. 500 uylik urugʻi bilan Oltoy oʻlkasining togʻli tumanlariga koʻchib oʻtgan. Ashin urugʻi boshqa turkiy urugʻlar b-n qoʻshilib, turk yoki turkut (turklar) degan nom bilan mashhur boʻla boshlagan. Biroq tabgʻach xonlari qoʻl ostidagi jujan (moʻgʻul urugʻlari) xonlariga qaram edi. Ashin oʻlgach, uning avlodlari teleut (turkiy qavmlardan biri) va b. turkiy qabilalar bilan ittifoq tuzib (545), jujanlarga qarshi kurash boshladi. Bu kurash natijasida sharqda Koreya, gʻarbda Bolqon ya. o. dagi Adirna (hoz. Edirne) sh. gacha, jan. da Kavkaz, Eron, Afgʻoniston, Tibetgacha, shim. da Sibirning Shim. mintaqalarigacha choʻzilgan keng hududda birinchi ulugʻ xoqonlar davlati tuzildi. Ashin avlodlari 8-a. dagi Gʻarbiy turk xoqonligini hamda 10-a. gacha davom etgan Xazar xo-qonligini ham boshqargan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x