ASHEL MADANIYATI

ASHEL MADANIYATI — quyi paleolit davri madaniyati. Shu davrga oid tosh choʻqmor, bir yoki ikki tomoni uchirilib, oʻtkir qilingan turli shakddagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dastlab Fransiyaning Amyen sh. yak,inidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy nomi bilan atalgan. Ashel madaniyati davri odamlari ibtidoiy jamiyat tu-zumining quyi bosqichida gʻorlarda, daryo boʻylaridagi pana yerlarda toʻdalashib yashab, ovchilik b-n hayot kechirgan. Olovdan foydalangan. Ashel madaniyati Gʻarbiy va Sharqiy Yevropada, Kavkaz, Old Osiyo, Afrikada tarqalgan. Oʻrta OsiyodaAsh.-m. ga oid qarorgohlar Jan. Qozogʻistonda (Qoratov), Toshkent viloyati (Koʻlbuloq), Fargʻona vodiysida (Selungur) va b. joylarda uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x