ASHʼARIY

ASHʼARIY Abul Hasan Ali ibn Ismoil (873, Basra —935, Bagʻdod) —diniy nazariyotchi, islom ilohiyoti — kalomning asoschilaridan biri. Mashhadda tahsil koʻrgan, mutaziliylar nazaristchilaridan biri sifatida tanilgan. 912-y. da oʻz qarashlarini keskin oʻzgartirib, islom ilohiyotiga falsafiy uslubni kiritishga uringan. Ashʼariy muʼtaziliylikka xos boʻlgan juda ochiq ifodalangan ratsionalizmni ham, diniy eʼtiqodda oʻta ketgan formalizmni ham rad etgan. Ashʼariy asos solgan taʼlimotni uning izidan borgan ilohiyotchilar (xususan Abu Homid al-Gʻazoliy) yanada takomillashtirganlar. Kalom 12—13-a. larga kelib barcha sunniylar oʻrtasida eʼtirof etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x