ASALARI ZAHARI

ASALARI ZAHARI, apitoksin (lot. apis — asalari, yun. toxikon — za-har) — ishchi asalarilar tanasidagi ipsimon bezlari ajratadigan oʻtkir hidli achchiq, och sariq, shaffof suyuqlik. A. z. tarkibida biol. faol moddalar, fermentlar, erkin aminokislotalar, chumoli, xlorid, ortofosfat kislotalari, gistamin, xolin, triptofan, oltingugurt, magniy fosfat va b. moddalar bor. A. z. tarkibidagi taʼsir qiluvchi moddalar gistamin glikozidi, lipidlar, hayvonot saponinlariga yaqin turadigan moddalardan iborat. Zichligi 1,313. Suvdatez, chumoli kislotada va 60°li spirtda sekin eriydi. Asalari chaqqanda 0,2—0,3 mg zahar ajratadi. Asalari chaqqan joyda qattiq ogʻriq va shish paydo boʻladi. Asalari chaqqan joyga darhol validol eritmasi yoki sarimsoq kesib surtilsa, ogʻriq qoladi, shish paydo boʻlmaydi. Asalari zaharidan tibbiyotda radikulit va bod kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bunda organizm bevosita asalarilarga chaktiriladi yoki tarkibida Asalari zahari boʻlgan dorilar qoʻllaniladi. Bu preparatlardan bronxial astma, gipertoniya kasalliklarini davolashda ham foydalanish mumkin. Bod va radikulitni davolashda tarkibida Asalari zahari boʻlgan virapin (1 g virapinda 0,15 mg Asalari zahari boʻladi) surtma holida qoʻllaniladi. Tarkibida Asalari zahari bor dorilardan qon tomirlarini kengaytirish va moddalar almashinuvini yaxshilashda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x