ASALARI GULCHANGI

ASALARI GULCHANGI — asalarilar gullardan yigʻgan va mumkataklarga zichlagan, ustidan asal quyilgan gul changlari. Katakdagi gulchangning asal shimilgan yuqori qavati havoni oʻtkazmaydi. Anaerob sharoitlarda fermentlar, bakteriyalar, achitqi zamburugʻlar taʼsirida katakda sut kislotasi miqdori ortib boradi va gulchanglar aralashmasi asal ishtirokida Asalari gulchangi gulchangi (perga) ga aylanadi. Asalari gulchangi tarkibida 13 — 60% oqsillar, 25 — 70% qand, yogʻlar, mineral tuzlar, vitaminlar, fermentlar, gormonlar bor. A. g. asalarilar uchun qimmatli oqsiluglevodli ozuqa hisoblanadi. Asalarilar, ayniqsa, bahor paytida oilani oʻstirish davrida gulchangni koʻp sarflaydilar. Uning bahorda taqchilligi asalari oilalarining koʻpayishini toʻxtatib qoʻyadi. Bir yilda bir asalari oilasi 20 — 30 kg gulchang isteʼmol qiladi. Asalari gullaridan olingan Asalari gulchangi tibbiyotda yurak, oshqozon-ichak, buyrak, jigar va kam-qonlik kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x