Asal Shodieva — O’zbekistonim

Bu oqshom dil qasriga sig’maydi hayajonim,
Sho’x qo’shiqlar mavjida jo’sh urar tanda jonim.
G’ururimsan, diyorim, mening nurli jahonim.

Dashtingda lolang bo’lay,
Tog’da shalolang bo’lay.
Ulug’ O’zbekistonim,
Fidoyi bolang bo’lay. (x2)

Yigitlaring mardona, qizlaring sho’x janona,
Alpomish-Barchin bo’lib, dovrug’ solgan jahona.
Yangrar seni ulug’lab, mehrim to’la tarona.

Dashtingda lolang bo’lay,
Tog’da shalolang bo’lay.
Ulug’ O’zbekistonim,
Fidoyi bolang bo’lay. (x2)

Bayroqlar sho’x hilpirar,
Yarashgay bayram senga.
O’zbekistonim – faxrim,
Shodlik qasidam senga.

Dashtingda lolang bo’lay,
Tog’da shalolang bo’lay.
Ulug’ O’zbekistonim,
Fidoyi bolang bo’lay. (x2)
Bo’lay… {x3}

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x