Asab tizimini tinchlantirish uchun nimalar iste’mol qilish kerak?
Quyidagi yeguliklar tanangizga stressni yengishda yordam beradi:
• Kakao, qovoq urug‘lari, yong‘oq va donlar tashvishga qarshi kurashadi, kayfiyatni yaxshilaydi, asab tizimini tinchlantiradi, immunitetni mustahkamlaydi, diqqatni jamlashda yordam beradi va asabiylikni kamaytiradi.
• Pomidor va kartoshka yurakka ijobiy ta’sir qiladi, asabiy bosh og‘rig‘ini yo‘qotadi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega.
• Baliq va dengiz mahsulotlari asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, giperaktivlikni kamaytiradi va depressiyadan himoya qiladi.
• Dukkaklilar asab tizimini faoliyatini yaxshilaydi.
• Sabzi tarkibida beta-karotin ko‘p bo‘lib, charchoq va umumiy holsizlikni kamaytiradi.
• Brokkoli, petrushka, qalampir va ko‘katlar temirning so‘rilishini kuchaytiradigan va kuchli antioksidantlarga ega bo‘lgan S vitaminiga boy.
@taomlanish_ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)