ARTUR AFSONALARI

ARTUR AFSONALARIUels (Angliya) da istiqomat qiluvchi keltlarning rivoyatlari; koʻplab sheʼriy asarlarga mavzu boʻlgan. Bularga asos qilib orttlarning qirollaridan biri — qirol Artur (5 —6-a.) prototipi olingan. U anglo-sakslar istilosiga qarshi muvaffaqiyatli kurashgan. Keltlar oʻz mustaqilliklarini qayta tiklash haqidagi orzu-umidlarini Artur nomi b-n bogʻlaganlar. Tarixiy shaxs sifatida Artur 8 – a. dan boshlab kelt va bretonlarning bard (shoir va qoʻshiqchi)lari ijodida, shuningdek lotin yilnomachisi Galfrid Monmautskiyning «Britaniya qirollari tarixi» (taxm. 1137) kitobida tilga olinadi. Angliyada 13 — 14 – a. larda «Artur», «Artur va Merlin», «Arturning oʻlimi» romanlarining tarjimasi paydo boʻladi. Artur afsonalari mavzuida ritsarlik haqidagi eng yaxshi ingliz romani — «Ser Gaveyn va Yashil ritsar» nazmda yaratildi (14-a.). 15-a. da T. Malori «Artoʻrning oʻlimi» romanini yezdi. Bir qator ijodkorlar oʻz asarlarida Artur obraziga murojaat etganlar. Mas, E. Spenser «Qirolicha fey»da, J. Drayden «Qirol Artur» opera librettosida, U. Morris «Ginevr mudofaasi» poemasida va b. M. Tvenning «Yanki qirol Artur saroyida» asarida Artur afsonalari taqlidiy-hajviy talqin etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x