ARTRIT

ARTRIT (yun. arthron — boʻgʻim, itis — yalligʻlanish) — boʻgʻimlarning yalligʻlanishi. Asosiy kasallik (mas, spondiloartrit) yoki boshqa kasallik (mas, revmatizm) belgisi boʻlishi mumkin: bir (monoartrit) yoki bir necha boʻgʻim (poliartrit) zararlanadi. Infeksiya (tif, paratif, sil, brutsellyoz va b.), moddalar almashinuvining buzilishi, lat yeyish, surunkali kasalliklar (murtak bezlari, oʻrta quloq, burun yondosh boʻshliqlarining yalligʻlanishi, kasallangan tishlar) va b. sa-bab boʻladi. Intoksikatsiya (zaharlanish), sovqotish, odam organizmida mikroblarga qarshilik koʻrsatish qobiliyatining susayishi natijasida ham Artrit roʻy beradi. Oʻtkir, surunkali, allergik, yuqumli, revmatik (poliartrit), ekssudatli va b. A. farq qilinadi. Artritda boʻgʻimlar ogʻriydi, qizarib shishadi, shakli oʻzgaradi va harakati cheklanadi; yalligʻlangan boʻgʻim sohasida suyuqlik (ekssudat) yigʻiladi. Bemor darmonsizlanadi, harorati koʻtariladi. Kasallik endi boshlanayotganda davo (dori-darmon, davo fizkulturasi, massaj) qilinsa, bemor tezda sogʻayib ketadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x