ARTEMIYA

ARTEMIYA (Artemia salina) — jabraoyoqlilar turkumiga mansub qisqichbaqasimonlarning bir turi. Uz. 0,8 — 1 sm. Erkagining antennasi tutuvchi organga aylangan boʻlib, kuyikish davrida urgʻochisini ushlab turish uchun xizmat qiladi; antennalari ipsimon, tuxum xaltasi bitta. Turli darajada shoʻrlangan koʻllar, koʻlmak suvlari va dengiz limanlarida tarqalgan. Suv shoʻrlanishining juda keng chegarada oʻzgarishiga (40 dan 230% gacha) moslashgan. Korin boʻlimi uchidagi ayrisining rivojlanishi suvning shoʻrlanishiga qarab oʻzgarib turadi (shoʻrlanish qancha kam boʻlsa, ayri shuncha uzun boʻladi). Oʻzbekistonning choʻl va dashtlarida sizot suvlardan hosil boʻlgan koʻllarda, zovur suvlarida koʻp uchraydi. Artemiya baliqlarga oziq sifatida maxsus z-dlarda koʻpaytiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x