ARRABURUN AKULALAR

ARRABURUN AKULALAR (Pristiop horidae) — akulalar turkumi oilasi. Uz. 1,5 m gacha, tanasi silindrsimon, choʻziq. Tumshugʻi uzun va yassi kilichsimon, yon tomondan yirik tishlar bilan qurollangan. Tumshugʻi oʻrtasidagi ikkita uzun moʻylovlari tuygʻu vazifasini bajaradi. Anal suzgichi boʻlmaydi. 4 — 5 turi bor, Hind okeani va Tinch okeanning gʻarbiy sohillari yaqinida, asosan tropik suvlarda tarqalgan. Suv tubidagi uncha chuqur boʻlmagan joylarda yashaydi, mayda baliqlar va suv tubidagi umurtqasizlarni kovlab olib yeydi. Tirik tugʻadi. Ovlanadi, mahalliy ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x