ARIN-BERD

ARIN-BERDUrartu davlati podshosi Argishti I tomonidan mil. av. taxm. 780-y. da bunyod etilgan qalʼa xarobasi; Yerevan sh. atrofida. A.-b. da topilgan bitiklarga koʻra, qalʼaning nomi Erebuni boʻlgan (Yerevan sh. ning nomi shundan olingan deb taxmin etiladi). 1950-y. dan beri A.-b. da kazishma ishlari olib boriladi. A.-b. dan devoriy rasmlari boʻlgan saroy va ibodatxonalarning xonalari ochilgan, ularda naqshlardan tashqari Urartu maʼbudlarining tasvirlari, xoʻjalik xonalari va omborxonalar, bitiklar topilgan. Qalʼa urart qabilalarining Sevan koʻli tomon yurishlarida tayanch punkta boʻlib xizmat qilgan. Mil. av. 8-a. oxirida oʻzining dastlabki ahamiyatini yoʻqotgan va uning yangi davri Urartu davlati tugagandan keyingi davr (mil. av. 5-a.) bilan bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x