ARGUSLAR

ARGUSLAR — qirgʻovullarning ikkita, bir-biriga yaqin monotipik urugʻlari (Argustanus va Rheinartia). Ikkinchi darajali oqish patlarida juda koʻp koʻzsimon dogʻlari boʻladi. Katta A. (A. argus) Myanma, Malakka, Sumatra va Kalimantan oʻrmonlarida tarqalgan, xoʻrozining uz. 1,7 — 2 m (shundan 1,2 m dumidagi oʻrta boshqaruv patiga toʻgʻri keladi). Kokildor A. Laos, Vyetnam va Malakkaning togʻ oʻrmonlarida tarqalgan. Yashirin hayot kechiradi (q. Qirgʻovulsimonlar). Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotining Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x