ARGON

ARGON (Argon), Ar — elementlar davriy sistemasining VIII guruhi elementi, inert gazlar jumlasidan. Tartib raqami 18, at. m. 39,948, birinchi marta 1894-y. da havodan ajratib olingan. Argon rangsiz va hidsiz gaz. Suyuqlanish t-rasi 189,4°, qaynash t-rasi 185,87°. A. odatdagi t-rada atomar holda boʻladi, birikish reaksiyalariga kirishmaydi. Atmosferada Argonning uchta barqaror izotopi bor: Ag40 (99,6%), Ag38 (0,063%), Ag36 (0,337%). A. ning bir necha sunʼiy radioaktiv izotoplari ham olingan: Ag39 (yarim yemirilish davri 265-y.), Ag37 (yarim yemirilish davri 34 kun). U boshqa inert gazlarga qaraganda koʻproq uchraydi. Argon havoda hajm jihatdan 0,993%ni tashkil qiladi. Argonning valentli, yaʼni ionli va kovalent birikmalari olinmagan, ammo Ag.6N2O va shuning kabi bir necha molekulyar birikmasi olingan. Argon kimyo sanoatida inert muhit vujudga keltirishda, elektr lampochkalarini toʻldirishda, reklama naylarini (koʻkhavo rang shuʼlalanadi) va yuqori chastotalar texnikasida ishlatiladigan naylarni toʻldirishda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x