ARAQI

ARAQI — meʼmoriy bezak; binolarni bezashda ishlatiladigan handasiy naqsh. Ishlanishi jihatidan muqarnas, sharafani eslatadi. Chizmasining soddaligi, kam qatlamligi va qatlamlarni bogʻlovchi handasiy shakllarning yotiq, qiya oʻyilishi (yelpigʻichsimon boʻlishi) b-n ulardan farq qiladi. Sharq, jumladan, Oʻzbekiston meʼmorligida keng qoʻllaniladi. 5, 6, 7, 8 va undan ortiq burchakli yulduzlari boʻlishi mumkin. Muqarnas kabi yarim aylana, aylanali joylar — tokcha, taxmon va eshik tepalariga, sharafa singari tekis devor yoki taxtaga yonma-yon takrorlanib, davom ettirib ishlanadi. Araqi ganch va yogʻoch oʻymakorligida keng tarqalgan. Mas, Usta Shirin Murodov bezagan Toshkent kuranti karnizi (1947). gʻozir yogʻochga oʻyib yoki boʻyab ishlanadigan Araqining sodda turi keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x