AQLI RASOLIK

AQLI RASOLIK — odamning ruhiy jihatdan sogʻlom holati; jinoyat huquqida shaxsning sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishini jinoyat deb hisoblash va jinoiy javobgarlikka tortishning huhuqiy shartlaridan biri. Aqli raso shaxs har qanday jinoyatni sodir qilganda oʻz harakat yoki harakatsizligining jinoyat ekanligini anglaydi va undan kelib chiqadigan oqibatni biladi. Jinoyat huquqida jinoyat uchun javobgar boʻla oladigan Aqli rasolikning ikki mezoni nazarda tutilgan boʻlib, bular kishi jinoyat sodir qilish paytida oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagani; oʻz harakatlarini boshqara olganligidir. Jinoyat sodir qilgan shaxsni javobgarlikka tortish masalasi qoʻyilgan vaqtda uning aqli rasoligi tekshirib kuriladi. Agar jinoyat ishini tergov qilish yoki sudda kurish paytida uning aqli rasoligiga shubha tugʻilsa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi, u shaxsni akli raso deb xulosa bersa, uni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi qoʻyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x