APLIT

APLIT (yun. haploos — sodda) — magmatik yertomir togʻ jinsi. Mayda donali, och rangli, bir tekis kristallangan minerallar (kvars, ishqorli dala shpati, baʼzan nordon plagioklazlar)dan iborat. Aplit paydo boʻlish jarayoni jihatidan, asosan, yer poʻstining chuqur qismidagi granit bilan bogʻliq. Shuning uchun granit-A. deb ham ataladi. Aplit baʼzan yerning chuqur qismida boshqa jinslar bilan birga uchraydi. Bunday Aplitlarni diorit-A., siyenit-A. va b. nomlar bilan ham ataydilar. Aplit asosan kvars va ortoklazdan iborat. Keramika sanoatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x