Suydi yurak, kuydi dil,
Ko’zim yoshlab qolaman.
Jonim, bugun alamdan
Otash bo’lib yonaman. (x2)
Nola qildim Xudoga,
Yetmadi mening so’zim.
Qo’lim ochib duoga
Kuzatdim yorni o’zim.
Xayr deyman, xayr,
Xayr, gulyuzim,
Sahroda kemaday
Qoldim men o’zim. (x2)
Kechirilmas gunohim,
Yuragimda dog’ qoldi.
Muhabbatim armon bo’lib,
Bog’boni yo’q bog’ qoldi. (x2)
Nola qildim Xudoga,
Yetmadi mening so’zim.
Qo’lim ochib duoga
Kuzatdim yorni o’zim.
Xayr deyman, xayr,
Xayr, gulyuzim,
Sahroda kemaday
Qoldim men o’zim. (x6)