Anvar Sanayev — Dunyo chiroyli

Olam go`zal, odamlar go`zal,
Oq kiyingan odamlar go`zal. (x2)
Baxtiyordir bunda yosh-qari,
Zamon go`zal, bu damlar go`zal,
Bu damlar go`zal.

Dunyo chiroyli, quyoshli, oyli,
Yurtimda tog` bor, daryoli, soyli.
Dunyo chiroyli, quyoshli, oyli.

Tog`lar baland, yiroqlar yaqin,
Yo`l ko`rsatgich chiroqlar yaqin. (x2)
To`qson yoshli cholning ham hatto
Ko`ksi baland, ko`zida chaqin, ko`zida chaqin.

Dunyo chiroyli, quyoshli, oyli,
Yurtimda tog` bor, daryoli, soyli.
Dunyo chiroyli, quyoshli, oyli.

Go`zal yurtning bayramlari mo`l,
To`y kunlari, hamdamlari mo`l. (x2)
Ulg`ayadi go`dak – kelajak,
Tanti va mard odamlari mo`l, odamlari mo`l.

Dunyo chiroyli, quyoshli, oyli,
Yurtimda tog` bor, daryoli, soyli.
Dunyo chiroyli, quyoshli, oyli. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x