ANTIFERROMAGNETIZM

ANTIFERROMAGNETIZM — kristall moddalar (antiferromagnetiklar) ning magnit holatlaridan biri; bunda kristall panjaraning qoʻshni tugunlaridagi atom (ion) larning magnit momentlari antiparallel (bir-biriga qaramaqarshi) yoʻnalgan, shuning uchun moddaning magnitlanishi umuman kam boʻladi. Antiferromagnetizm tashqi magnit maydon yoʻqligida va t-ra uncha yuqori boʻlmaganda yuz beradi. Ferromagnetizmdan farkli ravishda tashki maydon yoʻqligida antiferromagnetikning qoʻshni elementar magnetiklari oʻzaro muvozanatlashadi va natijaviy magnetizm nolga teng boʻladi. Antiferromagnetik tashqi maydonga joylashtirilgandagina natijaviy maydon noldan farqli boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x