ANGLOSAKSLAR

ANGLOSAKSLAR — 5-6-a. larda Britaniyani bosib olgan german qabilalari — angllar, sakslar, yutlar va frizlarning umumiy nomi. 7 — 10-a. larda oʻzida kelt xususiyatlarini singdirgan saks elati shakllandi. Anglosakslar brittlar va skandinaviyaliklarga qarshi birlashish va kurashish jarayonida xalq sifatida shakllandi. Normandlar istilosidan (1066) soʻng A. Angliyaga kelib joylashgan danlar, norveglar, Fransiyadan kelganlar (normandiyaliklar) bilan aralashib, ingliz xalqining tarkib topishiga asos boʻlganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x