ANDIJON VILOYAT OʻLKASHUNOSLIK MUZEYI — Andijon sh. dagi muzey. Viloyat q. x. yutuqlari koʻrgazmasi asosida tashkil etilgan (1934). Muzeyda Fargʻona vodiysidagi xalq tarixi, madaniyati, vodiyning tabiati, tabiiy boyliklari, xalq xoʻjaligi yutuqlari, viloyat mehnat va iqtisodiy aloqalarini aks ettiruvchi koʻrgazmalar, muhim tarixiy hujjat va ashyoviy dalillar, 300 ga yaqin tasviriy sanʼat asarlari, 1000 dan ziyod amaliy sanʼat buyumlari va b. bor. Muzeyda oʻlka tabiati, moddiy-maʼnaviy madaniyati tarixini oʻzida aks ettirgan 30 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi (2000). Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyining tumanlar (Asaka, Shahrixon, Qoʻrgʻontepa, Ulugʻnor, Jalaquduq va b.) da boʻlimlari mavjud. Muzey 1982-y. da barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy binoga koʻchib oʻtdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые