ANDIJON MEHMONXONASI

ANDIJON MEHMONXONASI — Andijondagi zamonaviy bino. Oʻzbekiston davlat loyihalash in-tida ishlangan loyiha asosida milliy meʼmorlik anʼanalaridan foydalanib qurilgan (1967, meʼmori N. Hojibekov). Bino uch qavatli. Birinchi qavatda maʼmuriy va maishiy xizmat koʻrsatish xonalari, qahvaxona va b. xoʻjalik xonalari, ikkinchi va uchinchi qavatida mehmonlar uchun 200 oʻrinli xonalar joylashgan. Mehmonxona tepasiga ishlangan ustunli shiypon, bosh binoga taqab kurilgan restoran, yuqorisidagi ayvon-choyxona binoga koʻrkamlik baxsh etgan. «Andijon mehmonxonasi» m. joylashgan Bobur nomidagi markazi y maydonda Andijon teatri va kinoteatr maʼmuriy binolar bilan uygʻunlashtirilib yaxlit meʼmoriy ansambl yaratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x