ANDIJON AGROFIRMASI AKSIYADORLIK JAMIYATI

«ANDIJON AGROFIRMASI» AKSIYADORLIK JAMIYATIkonserva sanoati korxonasi. Andijon sh. da joylashgan. «Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xolding» kompaniyasi tarkibiga kiradi. Meva konservalari va sharbatlari, tomat qaylasi, jem, qiyomlar, turli xildagi tuzlama sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaradi. Korxona 1942-y. da Simferopoldan evakuatsiya qilingan konserva z-di negizida Andijon konserva z-di nomi b-n tashkil etilgan. 1994-y. dan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Dastlab faqat bochkalarda tuzlangan pomidor, qisman qiyom va povidlo ishlab chiqargan. 1946-y. dan korxonaning i. ch. quvvati oshirildi, turli meva-sabzavot konservalari i. ch. 20 mln. bankaga yetkazildi. 1965—75 y. larda tomat sexlari qayta qurilib, bir sutkada 1000 t gacha pomidorni qayta ishlash mumkin boʻlgan avtomat liniyalar oʻrnatildi, korxonaning yillik quvvati 106 mln. shartli banka mahsulotga yetkazildi. 1991-y. da meva sharbati i. ch. sexi ishga tushirildi. Korxonada har yili oʻrtacha 40,08 mln. shartli banka mahsulot ishlab chiqariladi. Korxona huzurida chet el sarmoyalari asosida «Andijon durdonasi» meva sharbati ishlab chiqaradigan «Anglo-invest» hamda goʻsht konservasi ishlab chiqaradigan «ARM S» qoʻshma korxonalari ishlaydi. Korxona meva sharbati va konserva mahsulotlarini eksportga chiqaradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x