ANDIJON ADIRLARI

ANDIJON ADIRLARI (Beshboʻz adirlari) — Fargʻona vodiysining jan.sharqidagi qirlar. Gʻarbda Shahrixonsoy va sharqda Andijonsoy oraligʻida. Mutlaq bal. 700 — 1000 m va undan baland. Nisbiy bal. 200 — 400 m. A. a. yuqori neogen va toʻrtlamchi davr jinslari: konglomerat, gil, qumtosh, mergelli qumloq, shagʻal va b. dan tashkil topgan. Ayrim joylarda adirlarning tub jinslari qalin lyossimon yotqiziqlar bilan qoplangan. Tuzilishi jihatidan adirlar qisqa antiklinal burmalardan iborat. Markaziy qismida baland koʻtarilgan qad. yuzalar mavjud, chekkalarida yoshroq yuzalar boʻlib, ular bir-birlaridan tik erozion yon bagʻirlar bilan ajralgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x