ANDHRA-PRADESh

ANDHRA-PRADEShHindiston shtati. Hindiston ya. o. sharqida, Bengaliya qoʻltigʻi sohilida, 1956-y. telugu (andhra) xalqi yashaydigan viloyatlardan tashkil qilingan. Mayd. 277 ming km2. Aholisi 66,4 mln. kishi (1991). Aholisining asosiy qismi hinduizm dinida; musulmonlar 10% chamasida. Maʼmuriy markazi va eng yirik shahri — Haydarobod. Mamlakatning muhim dehqonchilik r-ni. Asosan Dekan yassi togʻligida joylashgan. Sohil qismi pasttekislik. Shim. da Gat togʻlari tarmoqlari bor (bal. 1680 m). Iqlimi tropik mussonli. Yogʻin asosan yozda yogʻadi. Aholining 70% dan koʻprogʻi dehqonchilik bilan mashgʻul. Yerlar mayda dehqonlar qoʻlida. 10—11 mln. ga yer (shtat mayd. ning 40% chasi) ishga solingan. Shundan 1/4 qismi sugʻoriladi. Asosiy oziq-ovqat ekini — sholi. Shtat tamaki, kanakunjut yetishtirishda yetakchi oʻrinda. Shuningdek shakarqamish, yer yongʻoq, paxta va b. ekiladi. Chorvachilik yordamchi ahamiyatga ega (qoramol, asosan otulov oʻrnida ishlatiladi). Shtatning yer osti boyliklari anchagina boʻlsa ham, koʻp qismi ishga solinmagan. Vishakhapatnam sh. yaqinida marganes, Nelluru viloyati yaqinida slyuda, Singareni sh. yonida koʻmir qazib chiqariladi. Grafit konlari mavjud. Vishakhapatnamda kemasozlik korxonasi va neft z-di, oziq-ovqat va toʻqimachilik korxonalari, qogʻoz f-kasi, sement z-dlari bor. Kimyo-farmatsevtika preparatlari ishlab chiqariladi. Oʻrmon boyliklaridan foydalaniladi. Hunarmandchilik rivojlangan. A.-P. da t. y. transporta yaxshi rivojlangan. Asosiy dengiz portlari — Vishakhapatnam (mamlakatning asosiy portlaridan biri), Kakinada, Machilipatnamdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x