ANAMNEZ

ANAMNEZ (yun. anamnesis — xotira) — bemorning oʻzidan yoki uni biladigan kishilardan shu bemorning hayot sharoiti va kasallik tarixi haqida soʻrab toʻplanadigan maʼlumotlar. Anamnez toʻgʻri diagnoz qoʻyishda eng muhim tekshiruv usullaridan biri. Anamnezga bemorning shikoyati, kasallikning boshlanishi va keyingi kechish davri, ilgari qanday kasalliklar bilan ogʻriganligi, oilaviy sharoiti, zararli odatlari (chekish, spirtli ichimliklar ichish), turmush, mehnat tarzi, avlodlarning sogʻ yoki nosogʻligi va h. k. kiradi. Maʼlumotlarning yanglish berilishi kasallikka diagnoz qoʻyishni mushkullashtiradi va notoʻgʻri davolashga sabab boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x