ANAEROBIOZ

ANAEROBIOZ (yun. an — inkor qoʻshimchasi, ayer — havo va bios — hayot) — organizmlarning erkin kislorod boʻlmagan muhitda hayot kechira olishi. Anaerobioz tushunchasini 1861-y. da L. Paster kiritgan. Hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan energiyani anorganik (mas, nitratlar va sulfatlar) yoki organik moddalar (mas, uglevodlar)ni parchalab oladigan anaerob organizmlar uchun Anaerobioz odatdagi yashash muhitidir. Tez oʻsadigan embrion hujayralari va oʻsmalar hujayralarida anaerob jarayonlar sogʻlom organizmning normal hujayralaridagiga nisbatan kuchliroq kechadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x