ANADIR

ANADIR — RFning Magadan viloyati Chukotka muxtor okrugidagi daryo. Uz. 1150 km. Havzasining mayd. 191 ming km2. Anadir yassi togʻligidan boshlanib, Bering dengizining Anadir qoʻltigʻiga quyiladi. Bosh qismida togʻlar orasidan, quyirokda tekislikdan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 1680 m3/sek. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Qishda muzlaydi. Eng katta irmoqlari: chapdan — Belaya, Tanyurer, oʻngdan — Yablon, Yeropol, Mayn. A. da 570 km masofada kema qatnaydi. Quyi oqimida baliq ovlanadi. 1648-y. da sayyoh S. I. Dejnyov A. ning quyilish yerigacha yetib borgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x