AMURSANA

AMURSANA (1722 – 1757) — Mongoliyada 1755 — 58 y. lardagi manjurlarga qarshi milliy ozodlik kurashi rahbarlaridan biri. Jungʻor (oyrat) xonligidagi mulkdorlardan, oʻrta hol oyrat aristokrat oilasidan. Galdan Serenxon (1727 — 45) vafotidan soʻng taxtni egallash uchun harakat qilgan, biroq boshqa daʼvogarlarning qarshiligiga duch kelib, Pekinga qochgan. Mongol ozodlik harakatining soʻnggi oʻchogʻi — Jungʻor (oyrat) xonligini tugatishdan manfaatdor boʻlgan manjurlar sulolasi Amursanaga yordam berish ni-qobi ostida Jungʻoriyaga katta armiya yuborgan va mamlakatni bosib olgan (1755). Manjurlardan aldanganiga ishonch hosil qilgan Amursana Xalxa va Jungʻoriyadagi manjurlarga qarshi koʻtarilgan ozodlik harakatiga qoʻshilgan va Jungʻoriyada amalda uning rahbari boʻlgan, Xalxadagi qoʻzgʻolonni boshqargan Chingunjab bilan birga harakat qilgan. Uch yillik ozodlik kurashi natijasida qoʻzgʻolon 1758-y. manjurlar tomonidan shafqatsiz bostirilgan. Mongol xalqi ikki asrdan ortiq manjurlar asorati ostida qolgan. Amursana 1757-y. Rossiya hududiga qochib oʻtgan va bir oz vaqtdan soʻng chechak kasalidan vafot etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x