AMIR MADRASASI

AMIR MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1870). Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli ( 52,7×36,7 m), hovlisi (30,7* 19,35 m) atrofiga tomi balxi gumbaz bilan yopilgan hujralar qurilgan. Madrasaga salobatli peshtoq orqali kiriladi. Peshtokning ikki yonidagi ikki qavatli (hujralar oldidagi) ravoqli ayvonlar, bosh tarzining ikki burchagiga ishlangan guldasta binoga mahobatlilik baxsh etgan. Hovlida hujralarga tutashtirib yoni ochiq, tepasi gumbaz bilan berkitilgan masjid ayvoni qurilgan. Darsxona va masjid (5×5 m) ham gumbaz bilan yopilgan, bosh tarzi bezaksiz — nihoyasiga yetkazilmay qolgan, hovli devorlari koshin b-n bezatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x