AMFISBENALAR

AMFISBENALAR, halqali kaltakesaklar (Amphisbae nidae) — kaltakesaklar oilasi; 17 tacha uruqqa boʻlinadigan 120 tacha turi bor. Ular, asosan, tropik Amerika bilan Afrikada tarqalgan. Besh turi Ispaniya va Portugaliyada, bittasi Eronda uchraydi. Tuzilishi yerni kovlashga va yer ostida yashashga moslashgan. Tanasi silindr shaklida, halqalarga boʻlingan, oyoklari yoʻqolib ketgan yoki oldingisi rudiment holda qolgan; terisi qattiq tangachalari yoʻq; koʻzi kichkina va teri bilan qoplangan, eshituv aʼzosi rivojlanmagan; bitta chap oʻpkasi bor. Yomgʻir chuvalchangi singari, yerni kovlab tor yoʻl ochadi va toʻmtoq dumi bilan oldinga harakat qiladi. Shuning uchun ular ikki boshli kaltakesak deb ham yuritiladi. Amfisbenalarning koʻp turlari chumoli va termitlar uyasida yashaydi. Turli hasharotlar, qirqoyoq va yer ostida yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Tuxumini oʻz uyasiga yoki termit va chumolilar iniga qoʻyadi. Hirot, ibijara, chipor Amfisbenalar bu oilaning tipik vakili hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x