ALYUMINIYLASH

ALYUMINIYLASH, alitirlash — yuqori t-rada ishlatiladigan poʻlat va choʻyan buyumlarning sirtki qatlamini 0,02—1,2 mm gacha alyuminiyga toʻyintirish. Ularning 1100° t-ragacha kuyindi bardoshliligini va oksidlanishga qarshilik xossasini oshirish maqsadida qilinadi. Bunda alyuminiy oksidlanib, buyumni keyingi oksidlanishdan saqlaydigan oksid parda (A12O3) hosil qiladi. Asosan, kam uglerodli, kamdan-kam hollarda esa oʻrtacha uglerodli poʻlat, kulrang choʻyan va issiqlik taʼsiriga chidamli legirlangan poʻlat buyumlar alyuminiylanadi. Bundan tashqari, Alyuminiylashning metallash (detal sirtiga alyuminiy kukuni surkalib, diffuzion yumshatiladi); boʻshatish (detal alyuminiy boʻyogʻi bilan boʻyab, diffuzion boʻshatiladi); 700—800° t-rali alyuminiy eritmasida tutib turish va b. usullari bor. Avtomobil dvigatellarining klapanlari, gaz turbinalarining kurak hamda soplolari va b. ni tayyorlashda Alyuminiylashdan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x