ALYUMINIY OKSID

ALYUMINIY OKSID (giltuproq) , A12O3 — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 2050°, suvda erimaydi. Alyuminiy oksid amfoter oksiddir (q. Amfoterlik), konsentrlangan kislotalarda erib, alyuminiy tuzlarini, ishqorlarda erib, alyuminat kislota tuzlari — alyuminatlarni hosil qiladi. A12O3 ning har xil tarkibli gidratlangan (suvli) shakllari maʼlum. Alyuminiy gidroksidga gidrargilit (gibbsit) A1(ON)3 va sunʼiy yoʻl bilan olinadigan bayerit kiradi. Alyuminiy oksid alyuminiy olishda ishlatiladi, Alyuminiy oksidning oʻzi esa boksit, nefelin va kaolindan olinadi. Tabiatda Alyuminiy oksid kristallari korund, yoqut va sapfir hollarida uchraydi; korund nihoyatda qattiq boʻlganidan qayroqtosh va jilvir sifatida, yoqut va sapfir zargarlikda ishlatiladi. Alyuminiy oksiddan oʻtga chidamli material va buyumlar tayyorlashda ham foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x