DO`STLARGA ULASHING:
Alqama rahmatullohi alayhining to‘liq ismi: Abu Shibl Alqama ibn Qays Ibn Abdulloh ibn Molik Naxaiy Kufiydir. U zot Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlik vaqtlarida yettinchi asrda tug‘ilgan. Shu bilan birga u zotga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ko‘rishlik nasib qilmagan.
Alqama rahmatullohi alayhi muhaddis, mufassir, Ko‘faning faqihi, olimi va qorisi edi. U zot Iroqning Ko‘fa shahrida istiqomat qilar edi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuga shogird bo‘lib, u zotni mahkam ustoz tutadi. Ali ibn Tolib roziyallohu anhu va Ibn Mas’ud roziyallohu anhumolardan keyin imomatchilikka va fatvo berishlikka eng munosib nomzod edilar. Hatto ba’zi sahobalar U zotdan fatvo so‘rashar edi.
Alqama rahmatullohi alayhi quydagi sahobalardan hadis rivoyat qilganlar:
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu
Ali ibn Tolib roziyallohu anhu
Salmon Forsiy roziyallohu anhu
Abu Dardo roziyallohu anhu
Xolid ibn Valid roziyallohu anhu
Huzayfa ibn Yaamon roziyallohu anhu
Xabbob ibn Art roziyallohu anhu
Oisha binti Abu Bakr roziyallohu anhu
Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu
Ammor ibn Yosir roziyallohu anhu
Abu Mas’ud Badriy roziyallohu anhu
Abu Muso roziyallohu anhu
Ma’qal ibn Sinon roziyallohu anhu
Salama ibn Yazid Jo‘‘fiy roziyallohu anhu
Shurayh ibn Artot roziyallohu anhu
Qays ibn Marvon roziyallohu anhu va boshqa bir qancha sahobalar.
Alqama rahmatullohi alayhidan quydagi tobi’inlar hadis rivoyat qilganlar:
Abu Voil rohimahulloh
Sha’biy rohimahulloh
Ubayd ibn Nuzayla rohimahulloh
Ibrohim Naxa’iy rohimahulloh
Muhammad ibn Siyrin rohimahulloh
Abu Zuho Muslim ibn Subayh rohimahulloh
Ibrohim ibn Suvayd Naxa’iy rohimahulloh
Abu Zibyon Husayn ibn Jundub Janbiy rohimahulloh
Abu Ma’mar Abdulloh ibn Saxbaroh rohimahulloh
Salama ibn Kuhayl rohimahulloh
Abdur Rahmon ibn Yazid rohimahulloh
Abu Ishoq Subay’iy rohimahulloh
Ammora ibn Umayr rohimahulloh
Abu Qays abdur Rahmon ibn Sarvon Avdiy rohimahulloh
Abdur Rahmon ibn Avsaja rohimahulloh
Qosim ibn Muxaymara rohimahulloh
Qays ibn Rumiy rohimahulloh
Murratut tiyb rohimahulloh
Hunay ibn Nuvayra rohimahulloh
Yahyo ibn Vasaab rohimahulloh
Yazid ibn Avs rohimahulloh
Yazid ibn Mu’oviya Naxa’iy rohimahulloh
Abu Riqod Naxa’iy rohimahulloh
Musayyab ibn Rofi’ rohimahulloh va boshqalar.
Imom Zahabiy u zotni: “Imom, Hofiz va Ulug‘ mujtahid” edi deb sifatlaydi.
Ustozlari:
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu
Muhammad ibn Siyrin rohimahulloh
Ibrohim Naxa’iy rohimahulloh va boshqa bir qancha sahoba va tobi’inlar.
Usmon ibn Said rohimahulloh aytadi: “Men ibn Ma’undan “Senga Alqama yaxshiroqmi, yoki Ubayda?”-deb so‘radim. U ikkovidan birini ham afzal demadi. Men: Ikkovi ham eng ishonchli roviy, biroq Alqama Abdullohning shogirdlari orasida olimroq” dedim.
Abul–Musanno rohimahulloh aytadi: “Agar sen Alqamani ko‘rgan bo‘lsang, Abdullohni ko‘rmaganing zarar qilmaydi, chunki, Alqama qiyofada ham, ilmda ham Ibn Mas’udning o‘zginasidir”.
Abdurahmon ibn Yazid rohimahulloh aytadi: “Men nimani o‘qisam va nimani bilsam, Alqama ham shuni o‘qigan va shuni bilgan bo‘lardi”.
Alqama ibn Qays rohimahulloh “olti sahih” mualliflari huzurlarida tan olingan, ishonchli roviylardan edilar.
Alqama ibn Qays rohimahulloh Yazid ibn Mu’oviya rohimahullohning xalifalik zamonida hijriy 62 sanada, tuqson yoshlarida vafot etganlar.
Abdus Somad Abdul Bosit | Muslim.uz
Tobeinning kattalaridan . Payg’ambarimiz hayotlik vaqtlarida tug’ilgan ammo Rosul Akram s.a.v ni ko’rmaganlar. Hijriy 62 yili Kufada vafot etgan. Ilmdagi ustunliklarini bir qancha olimlar e’tirof etganlar. Ashobi kiromning buyuklari bo’lmish Hz Abu Bakri Siddiq r.anhuni, Hz. Umar r.anhuni, Hz. Usmon r.anhuni, Hz.Ali r.anhuni, Salmoni Forsiy r.anhuni, Hz. Oisha r.anho onamizni va Abdulloh ibni Mas’ud r.anhularni ko’rgan ulardan hadis sharif rivoyat qilgan. Rivoyat qilgan hadislari Kutubi sittadan joy olgandir.
Tafsir hamda fiqh ilmini Ibni Mas’ud r.anhudan o’rganganlar. Bu zotdan esa Ibrohim Nahai r.alay u zotdan Hammod r.alay u zotdan esa Imom A’zam r.alah ilm olishgan.
Fe’l atvori Ibni Mas’ud r.anhuga juda o’xshar edi. Abdulloh ibni Mas’ud r.anhu Alqama r.alayhga Qur’oni Karimni o’qitib o’zlari tinglashni juda yoqtirar edilar.
Ustozlari Ibni Mas’ud r.anhu shunday dedilar: Alqama man o’qigan hamma narsani o’qigan va man bilgan hamma narsani biladi”