Hammod ibni Abu Sulaymon

DO`STLARGA ULASHING:

Tobeinning kattalaridan. Hadis va fiqh olimi. Imom A’zam r.alayhning ustozlari. Kunyalari Abu Ismoildir. Hijriy 120 yil vafot etganlar. Ilmni Anas ibni Molik r.anhu hamda Ibrohim Nahai r.alaydan o’rganganlar.

Hammod ibni Abu Sulaymon r.alayh fiqhning ilmining yetuk olimlaridan bo’lib yetishdilar. U zot ustozlaridan o’rgangan ilmlarini to’plab shogirdlariga uzun bir vaqt mobaynida dars berdilar. Shu munosabat bilan u zotning qo’l ostilarida juda ko’plab olimlar yetishib chiqishdi. Ular ichida eng mashhuri hamda ko’zga ko’ringani Imom A’zam Abu Hanifa No’mon Ibni Sobit r.alayh bo’ldildar.

Ibni Obidin r.alayh shunday deydilar:
Fiqhga bo’lgan ehtiyoj insonlar uchun non kabidir. Bu bilimning urug’ini Ibni Mas’ud r.anhu ekdilar, u zot ashobi kiromning eng faqihlaridan va eng olimlaridan hisoblanadilar. Shogirdlari Alqama r.alay bu urug’ni suvlab ekin holiga olib keldilar. U zotning shogirdlari Ibrohim Nahai r.alayh bu ekinni pishirib o’rdilar ya’ni ilmni bir joyga to’pladilar. Hammod r.alayh bu ekinni yanchib hirmon holatiga keltirdilar. Imom A’zam Abu Hanifa r.alayh bu hirmonni un holatiga olib keldilar ya’ni fiqh ilmini turli qismlarga ajratdilar. Imom Abu Yusuf undan hamir qildilar va Imom Muhammad uni pishirib odamlarga non holatida yetkizdilar. Mana shunday tayyorlangan nonni bugun insonlar yemoqdalar. Ya’ni bu ilmlarni o’rganib ikki dunyo saodatiga yetishmoqdalar”

Hammod r.alayh tujjorlik qilib kun kechirar edilar. Ro’mol bilan savdo qilardilar. Kunlik yemishlariga yetarli miqdorda pul topgandan keyin narsalarini to’plab bozordan chiqib ketishardi. Qur’oni Karimni o’qiyotganlarida kuz yoshlari tinmasdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x