ALP TOGʻLARI

ALP TOGʻLARI — Gʻarbiy Yevropada, Italiya, Shveysariya, Fransiya, Germaniya, Avstriya, Sloveniya va Lixtenshteyn hududida joylashgan togʻlar tizimi. Yer poʻstining uchlamchi davr mobaynida roʻy bergan qudratli Alp burmalanishi natijasida vujudga kelgan. Alp togʻlari birbirlaridan past dovonlar orqali ajralib turgan togʻlarning murakkab tizimidan iborat. Uz. kariyb 1200 km, kengligi 50—260 km. Eng yirik dovonlari — Simplon (2005 m), Sen-Gotard (2108 m), Brenner (1371 m) va b. Togʻlar yoʻnalishiga koʻndalang joylashgan chuqur soylik (Boden koʻlidan Komo koʻligacha) At. ni gʻarbiy va sharqiy qismlariga ajratib turadi. Alp togʻlarining eng baland qismlarida muzliklar hamda muzlik hosil qilgan relyef shakllari koʻp. Sharkiy Alp togʻlari (4049 m, Bernin togʻi) Gʻarbiy Alp togʻlari (4807 m, Monblan togʻi)dan pastroq. Ular ham ayrim tazmalarga boʻlinib kettan. Alp togʻlari etaklarida ohaktosh, dolomitlar keng tarqalgan, karst rivojlangan. Togʻ etaklarida iqlim moʻtadil, togʻ tepalarida doimiy qor va muzliklar bor, iqlimi ham sovuq. Muzliklarning umumiy mayd. 4140 km2. Muzliklar va abadiy qorlarning quyi chegarasi 2500 — 3200 m balandlikda. Eng koʻp yogʻin shim. va jan. yon bagʻirlariga tushadi (2000 — 3000 mm). Alp togʻlaridan oqib tushadigan daryolar (Reyn, Rona, Drava, Adije va b.) sersuv, serostona, gidroenergiya zaxiralariga boy. Manzarali koʻl koʻp: Jeneva, Syurix, Boden, LagoMajore va b. Tabiiy oʻsimlik turlari balandlik mintaqalarini hosil qilgan. Togʻ etagidan 800 m balandlikkacha madaniy landshaftlar, 1200 m balandliklarda keng bargli oʻrmonlar, 1300—1700 m balandliklarda igna bargli oʻrmonlar oʻsadi. 2600 m dan 3200 m gacha oraliklar subalp butazorlari, oʻtloqlar bilan band. Togʻ tizmalarida tunnellar qazilib, t. y. va avtomobil yoʻllari oʻtkazilgan. Alpinizm va turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x