ALLOPOLIPLOIDIYA

ALLOPOLIPLOIDIYA (yun. allos – boshqa va polyploos — koʻp karrali) — har xil turlar yoki avlodlarga mansub organizmlarni chatishtirish natijasida olingan duragaylarda ikki va undan ortiq genomlarning karrali ortishi tufayli vujudga kelgan poliploidiya. A. duragay poliploidiya deb ham ataladi. Somatik hujayralarda har ikki ota-onaning ikki hissa ortgan xromosomalari toʻplamiga ega boʻlgan Aallotetraploidlar yoki amfidiploidlar deyiladi. Allopoliploidiya muhitning turli xil ekstremal sharoitlariga yuqori adaptiv moslanuvchanligi va chidamligi bilan diploidlardan ajralib turadi. Allopoliploidiya yangi forma va tur paydo boʻlishining omili sifatida evolyutsiyada muhim ahamiyatga ega boʻlib, undan seleksiya ishlarida foydalaniladi. Ekinlarning koʻp turlari (mas, Meksika va peru gʻoʻzalariningg tetraploid navlari) allopoliploidlar hisoblanadi. Allopoliploidiya diploid organizmlarga nisbatan serhosil boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x