ALLELOPATIYA

ALLELOPATIYA (yun. allelon – oʻzaro, pathos — taʼsir) — turli organizmlarning har xil moddalar ajratib chiqarish orqali oʻzaro taʼsir koʻrsatishi. Mas, ayrim mikroorganizmlar antibiotiklar ishlab chiqarib boshqa mikroorganizmlar rivojlanishini zaiflashtiradi yoki ularni butunlay nobud qiladi; ayrim yuksak oʻsimliklarning moddalar almashinuvi jarayonida hosil qilgan zaharli moddalari boshqa oʻsimliklarga taʼsir etib, oʻsimlik faoliyatini kuchaytiradi yoki pasaytiradi; hasharotlar esa yuksak oʻsimliklarga taʼsir qiluvchi moddalar ishlab chiqaradi va h. k.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x