ALIYEVA Nazira Nasriddinovna

ALIYEVA Nazira Nasriddinovna (1912.31.12 – Toshkent – 1980.19.6) — Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Boku teatr texnikumini (1927), Moskva davlat teatr sanʼati in-tini (1934) tugatgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-ti katta oʻqituvchisi (1945-y. dan), kafedra mudiri (1949—66), dotsenti (1961-y. dan). Aliyeva 1935—41 ylarda M. Azizbekov nomidagi Ozarbayjon davlat akademik drama teatrida Soʻlmas (J. Jabborli, «Oʻt kelini»), Durdona (H. Jovid «Siyovush»), Julyetta (U. Shekspir, «Romeo va Julyetta») obrazlarini ozarbayjon tilida yaratdi. 1934, 1941—48 ylarda Hamza nomidagi teatrda Dezdemona (U. Shekspir, «Otello»), Xolisxon, Jamila (Hamza, «Xolisxon», «Boy ila xizmatchi»), Shirmon (I. Sulton, «Burgutning parvozi»), Saodat (K. Yashin va A. Umariy «Hamza») kabi yirik rollarni ijro etdi. «Sepsiz qiz» (A. Ostrovskiy), «Alisher Navoiy» (Uygʻun, I. Sulton), «Dengizdagilar sharafiga» (B. Lavrenev) spektakllariga rej. lik qilgan. «Oʻlim qudugʻi», «Uyqusiz tunlar», «Mahallada duv-duv ran» filmlarida oʻynagan. M. Shamxalovning «Qaynona» komediyasini, M. Urdubodiyning «Kilich va qalam» romanini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. «Sahna nutqining ravon va aniq boʻlishida muhim shartlar», «Oʻzbek sahna nutqining baʼzi texnik elementlari» ilmiy-metodik ishlar, «Sanʼat — mening hayotim» esdaliklari muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x