Alisher Fayz — Zuhraxonning ro’moli

Zuhraxonning ro’moliyey… (x4)

Shoxsupada o’tiruvdim o’ylonib,
Bir qiz keldi gulzorimdan aylonib.
Zuhra ekan qizginaning otlari,
Parilardan bo’lsa kerak zotlari.
Sochlarini tarabdi mayin bahor shamoli,
O’zlariga yarashibdi Zuhraxonning ro’moli.

Zuhraxonning ro’moliyey,
Zuhraxonning ro’moliyey,
O’g’irladi xayolim-ey,
Zuhraxonning ro’moliyey.

Shoxsupada o’tirmasam shu kuni,
Balki hecham ko’rmas edim man uni.
Man yonaman muhabbatim yo’lida,
Sevgi bormi qizginaning ko’nglida?
Chiroyiga til ojiz, go’zal husnu-jamoli,
O’zlariga yarashibdi Zuhraxonning ro’moli.

Zuhraxonning ro’moliyey,
Zuhraxonning ro’moliyey,
O’g’irladi xayolim-ey,
Zuhraxonning ro’moliyey.

Sochlarini tarabdi mayin bahor shamoli,
Andozani olibdiya bellaridan chumoli.
Chiroyiga til ojiz, go’zal sharmu-xayoli,
Qo’shig’imning nomi ham Zuhraxonning ro’moli.

Zuhraxonning ro’moliyey,
Zuhraxonning ro’moliyey,
O’g’irladi xayolim-ey,
Zuhraxonning ro’moliyey.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x