Alisher Fayz — Shamol (2017)

Shamol… shamol…

Tug`ilgan kuningda sendan olisda,
Ne taqdirki, yoring ham yolg`iz-da.
Rizqini har joydan terar har banda,
Bu mavzuda har kim ham ojiz-da.

Ko`ngil yorib aytsam to`g`risin,
Yolg`izim, o`zing yuragim o`g`risi.
Sog`inganda ichim og`risa,
Yoningda bo`lgim kelar.

Shamol keltirsa-yey yorim, muattar atringni,
Xayol keltirsa-yey ko`z oldima gul rasmingni.
Visol keltirsa-yey, la’li labingda bol keltirsa,
Labingda bol keltirsa…

Tug`ilgan kuningda dil izhorim bo`lib,
Tabassumim borsa qizil gullarda.
Balki omadimning kichik badali bo`lib,
Umrim o`tmoqdami uzoq yo`llarda?

Atirgul tikoni bag`ring o`yib,
Xo`rsinasan yoki yig`larsan to`yib.
Hammasini bir kun bir chetga qo`yib,
Yoningda bo`lgim kelar.

Shamol keltirsa-yey yorim, muattar atringni,
Xayol keltirsa-yey ko`z oldima gul rasmingni.
Visol keltirsa-yey, la’li labingda bol keltirsa,
Labingda bol keltirsa… (x1+x1)

Shamol… shamol…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x