Alisher Fayz, Shahzoda — Qilpillama

[Alisher Fayz]
Qoshing o’smadakkina, qilpillama,
Beling tasmadakkina, qilpillama,
Men seni kampir desam, qilpillama dodey,
Qilig’ing qizdakkina, qilpillama.

Qilpillama, jonginam, qilpillama,
Qilpillama, jonginam, qilpillama.

[Shahzoda]
Sholi soldim keliga, qilpillama,
Tegirmonning yo’liga, qilpillama,
Shohi qiyiq yarashar, qilpillama dodey,
Cholginamning beliga, qilpillama.

Qilpillama, jonginam, qilpillama,
Qilpillama, jonginam, qilpillama.

[Alisher Fayz]
Belbog’imning qirg’og’i, qilpillama,
Shirin kampir qarog’i, qilpillama,
Qo’sha qarib yurganning, qilpillama dodey,
O’chmas sira chirog’i, qilpillama.

Qilpillama, jonginam, qilpillama,
Qilpillama, jonginam, qilpillama.

[Shahzoda]
Ro’molim uchi sochiq, qilpillama,
Kelsang darvozam ochiq, qilpillama,
Jon tasadduq bo’yingga, qilpillama dodey,
Bo’lganman chindan oshiq, qilpillama.

Qilpillama, jonginam, qilpillama,
Qilpillama, jonginam, qilpillama. (x2)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x