ALI ARDOBUS

ALI ARDOBUS (Ibrohimov Ali Fayzullaxoʻjayevich) (1900.15.1, Qiziloʻrda — 1959.9.11, Toshkent) — raqqos va baletmeyster, aktyor, pedagog. Oʻzbekistonda (1944) va Qoraqalpogʻistonda (1943) xizmat koʻrsatgan artist. Qiziloʻrda ritmik gimnastika studiyasini (1917), Xalq Maorifi Komissarligi qoshidagi Toshkent teatr studiyasining xoreografiya boʻlimini (1921) tugatgan. Yusufjon qiziq Shakarjonov, Mahkam hofiz, Orif garmon Toshmatov, Chervonxon, Oʻktamxon, Qumrixon kabilardan oʻzbek raqs harakatlarini oʻrgandi. 1918-y. ning sent. dan Toshkentdagi Mannon Uygʻur rahbarligidagi teatrda ishlay boshlaydi. Ali ardobus koʻproq balet va raqs bilan shugʻullandi. 20-y. larda «Latifa», «Yallama yorim», «Qashqarcha», «Ufori Toshkent», «Gul oʻyin», «Zang oʻyin», «Qayroq oʻyin», «Doira oʻyin», «Afgʻoncha» kabi xalq raqslarini oʻzlashtirib, ularning sahna tu-rini yaratdi. Ali ardobus Dushanba musiqa-teatr studiyasini (1929—30), «Togʻ burgutlari» raqs studiyasi va etnografik ansamblini (1930—33), Olmaota raqs studiyasini (1934), Uygʻur musiqali drama teatrini (1935), Oʻzbek filarmoniyasining ashula va raqs ansamblini (1937—41) tashkil etishda faol qatnashdi. 1943—45 y. larda Qoraqalpogʻistonda raqs studiyalari va ansambllar tashkil qilib, milliy xalq oʻyinlari asosida birinchi qoraqalpoq sah-na raqslarini yaratgan. Oʻzbekistonda teatr va raqs havaskorligini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan va b. shaharlarda havaskorlar toʻgaragi tashkil qilgan. Sahnalashtirgan eng yaxshi raqslari: «Nogʻora», «Raqs» «Bayot» kabi yakka, «Uygʻurcha», «Qoraqalpoqcha», «Samarqandcha toʻy» (syuita), «Urgut beshqarsagi» va b. ommaviy raqslar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x